Biz haqimizda

Berlin Zentrum

Andijonda joylashgan, nemis tilini o'rganish va Goethe sertifikatlariga tayyorgarlik ko'rish uchun maxsus o'quv markazi.

Berlin Zentrum
Goethe Rasmiy Sherik
Biz Kimiz

Biz Haqimizda

Bizning vazifa va maqsadlarimiz Andijon til o‘quv markazi „Berlin Zentrum“ 2019-yildan buyon Toshkentdagi Gyote institutining rasmiy hamkori hisoblanadi. Biz Gyote instituti bilan birgalikda nemis tili va madaniyatini targ‘ib qilishga intilamiz. Bizning asosiy e'tiborimiz chet tili sifatida nemis tilidagi til kurslariga qaratilgan. Ular Gyote Instituti tomonidan ilgari surilgan kommunikativ va madaniyatlararo yo'naltirilgan o'qitish uslubida tashkil etiladi.. Batafsil... Biz Germaniya bilan bog'liq turli tadbirlarni taklif qilamiz va jonli nemis madaniyati va jamiyati bilan muloqot qilish imkoniyatini beramiz. Bizning sifat va o'qituvchilarimizning malakasi CEFR standartining xalqaro talablariga to'liq javob beradi. Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa, Marhamat va Oltinko‘l tumanlarida ham filiallarimiz mavjud. Ayni paytda markazimizda 40 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari, assistentlar va xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ular Gyote Instituti va boshqa hamkorlarimiz koʻmagida muntazam ravishda Germaniya va Gyote Institutidagi koʻplab malaka oshirish darslariga qatnashib keladilar. 2025-yil 1-yanvardan boshlab biz A1 dan B1 gacha Gyote imtihonlarini rasmiy ravishda taklif qilamiz va ular Gyote Institutining nazorati ostida yuqori malakali va sertifikatlangan imtihonchilar tomonidan o‘tkaziladi. Agar sizda biron bir savol bo'lsa yoki qo'shimcha ma'lumotga ega bo’lish istagi paydo bo’lsa, quyidagi elektron manzil bilan bog’lanishingiz mumkin:

slzandijanbz@gmail.com

Qo'shariq ko'chasi 4-b
admin@slz-andijanbz.uz
+998 95 047 30 30
Goethe sertifikatlangan
Qadriyatlarimiz

Nima uchun bizni tanlashadi?

Zamonaviy metodlar
<p>Bizning o'qitish uslublarimiz nemis tilini zavq bilan o'rganish imkonini beradi.</p>
Yuqori malakali
<p>O'qituvchilarimiz butun dunyo bo'ylab Gyote institutlarida malaka oshirishadi.</p>
Imtihon markazi
<p>Markazimizda siz xalqaro Goethe imtihonlarini topshirish imkoniyatiga egasiz.</p>
Akkreditatsiya
<p>Markazimiz Goethe instituti tomonidan ikki marotaba muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o'tgan.</p>