Kurslarimiz

Kurslarimiz

Darajangizga mos kursni tanlang va Gyote imtihonlariga tayyorlaning.

Onlayn kurslar mavjud!

Goethe Institut rasmiy platformasida onlayn o'rganing.

Online kurslar

Agar siz ro`yxatdan o`tish vaqtida til bo`yicha asosiy bilimlarga ega bo`lmasangiz, avtomatik ravishda A1.1 darajasidagi kursdan boshlaysiz. Asosiy bilimga ega bo`lgan o`quvchilar esa yozma va og`zaki til daraja testidan o`tishadi va o`z bilim darajalariga mos ravishda kursga yozilishadi.

Til darajangizni Goethe Instituti tomonidan taklif etilgan onlayn test hamda bizning Til o`rganish markazimiz (SLZ) xodimalari bilan shaxsiy suhbat orqali aniqlashingiz mumkin.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (ya`ni oraliq og`zaki imtihondan o`tgan) tinglovchilar darhol keyingi bosqich kursiga yozilishlari mumkin. Oraliq imtihondan o`ta olmagan tinglovchilarga esa kursni qayta o`tish imkoniyati beriladi.

Kurs turlari

O'zingizga mos kursni tanlang

Standart kurslar
06:30-09:00, 09:00-11:30, 12:00-14:30, 15:00-17:30 18:00-20:30

72 ta akademik soat (A1.1-C1.3) 2 oy davom etadi, haftada 3 marta, 3 akademik soat

Intensiv kurslar
9:00-11:30, 12:00-14:30 или 15:00-17:30

72 akademik soat (A1.1 dan C1.3 gacha) Davomiyligi 1 oy, haftasiga 5 marta,3 akademik soat

Imtihonga tayyorlovchi kurslar
12:00-14:30

30 akademik soat (A1 dan B2 gacha) Davomiyligi 2 hafta, haftasiga 5 marta, har safar 3 akademik soat

Individual kurslar
12:00-14:30

Mijozning istagiga ko'ra tashkil etiladi

Darajalar

Nemis tili darajalari

Elementar darajadagi nemis tili bilimlari
A1 · A2 — Start Deutsch
A1
Goethe-Zertifikat A1

O`ziga tanish, kundalik iboralar va eng oddiy gaplarni tushunish va ishlatish mumkin, ular kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo`ladi. O`zini va boshqalarni tanishtira oladi, boshqalardan shaxsiy ma`lumotlar haqida savollar bera oladi (masalan, qayerda yashaydi, kimlarni taniydi, nimalari bor) va shunday savollarga javob bera oladi. Oddiy tarzda muloqot qila oladi, agar suhbatdosh sekin va ravon gapirsa hamda yordam berishga tayyor bo`lsa.

A2
Goethe-Zertifikat A2

Shaxsiy ma`lumotlar, oila, xarid qilish, ish, yaqin atrof kabi kundalik mavzular bo`yicha tez-tez ishlatiladigan iboralar va sodda gaplarni tushunadi. Tanish va oddiy vaziyatlarda sodda va bevosita axborot almashish orqali muloqot qila oladi. O`zining kelib chiqishi, ta`limi, yashash joyi va kundalik ehtiyojlarga bog`liq narsalarni sodda usulda tasvirlab bera oladi.

Mustaqil nutq faoliyati.
B1 · B2 — Zertifikat Deutsch
B1
Goethe-Zertifikat B1

Tanish mavzular — ish, maktab, dam olish va boshqalarga oid aniq va ravon tilda aytilgan asosiy fikrlarni tushuna oladi. Til hududida sayohat qilayotganda uchraydigan ko`pchilik holatlarni yengib o`tadi. Tanish mavzular va shaxsiy qiziqishlarga oid sodda va izchil fikr bildira oladi. Tajribalar va voqealarni so`zlab bera oladi, orzu-umid va rejalarni bayon qila oladi hamda qisqa izoh va sabablarni keltira oladi.

B2
Goethe-Zertifikat B2

Murakkab matnlarning asosiy mazmunini tushunadi, mavzu konkret yoki mavhum bo`lishidan qat`i nazar. O`zining sohasiga oid professional bahslarni ham tushunadi. Shunchalik ravon va erkin muloqot qila oladi-ki, ona tilida so`zlashuvchilar bilan muloqot hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi. Turli mavzularda aniq va batafsil fikr bildiradi, dolzarb masalalar yuzasidan o`z pozitsiyasini izohlab bera oladi va turli imkoniyatlarning afzallik va kamchiliklarini ko`rsata oladi.

Yuqori darajada til bilish.
C1 · C2 — Kleines Deutsches Sprachdiplom
C1
Goethe-Zertifikat C1

Murakkab va uzun matnlarni, shuningdek, yashirin ma`nolarni chuqur tushunadi. Ravon va tabiiy tarzda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, so`z izlab qolmaydi. Tilni ijtimoiy hayotda, ishda, ta`lim va o`qishda samarali va moslashuvchan ishlata oladi. Murakkab mavzularda aniq, tuzilgan va batafsil fikr bildira oladi, matnlarni bog`lash uchun turli usullardan to`g`ri foydalanadi.

C2
Goethe-Zertifikat C2

Murakkab va uzun matnlarni, shuningdek, yashirin ma`nolarni chuqur tushunadi. Ravon va tabiiy tarzda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, so`z izlab qolmaydi. Tilni ijtimoiy hayotda, ishda, ta`lim va o`qishda samarali va moslashuvchan ishlata oladi. Murakkab mavzularda aniq, tuzilgan va batafsil fikr bildira oladi, matnlarni bog`lash uchun turli usullardan to`g`ri foydalanadi.