
Yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan yoshlar davlatimiz rahbari tomonidan e’tirof etilayotgani barchamiz uchun faxr va g‘ururdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan faol va iqtidorli yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Berlin Zentrum jamoasi nomidan o‘quvchimiz Rayyona Ibrohimovani ana shunday yuksak davlat mukofotini qo‘lga kiritgani bilan chin dildan tabriklaymiz! Rayyonaning bilimga chanqoqligi, mehnati va intiluvchanligi nafaqat biz uchun, balki butun yoshlarimiz uchun ibratdir.
Ishonamizki, Rayyona bundan keyin ham yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida yanada katta yutuqlarga erishadi.
Berlin Zentrum – Sicher ans Ziel!

