
Berlin Zentrum o‘quv markazi uchun yana bir faxrli lahza. Markazimizning iqtidorli o‘quvchisi va faol hodimasi Rayyona Ibrokhimova davlatimiz rahbari tomonidan "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi. Bu nafaqat Rayyona uchun, balki butun jamoamiz uchun katta yutuqdir.
Uning ilmga, jamiyatga va yoshlarga bo‘lgan sadoqati ushbu mukofot orqali munosib e’tirof etildi. Shu munosabat bilan markaz rahbari u bilan samimiy podkast suhbatini tashkil etdi. Suhbat davomida Rayyona o‘z hayoti, orzulari va bu yutuq sari qanday mehnat bilan intilgani haqida ilhomli fikrlarini bo‘lishdi.
Ushbu podkast orqali siz Rayyonaning ichki dunyosi, maqsadlari va yurtga xizmat qilish yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlari bilan yaqindan tanishasiz.
Batafsil BERLIN ZENTRUM YouTube kanalida ko‘rishingiz mumkin.