
Gyote-Institut, Farg‘ona viloyati Pedagogik Mahorat markazi va Gyote-Institutining O‘zbekistondagi hamkori Berlin Zentrum SLZ-Andijan hamkorligida tashkil etilgan seminar-treningning offline bosqichi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi.
Trening Farg‘onadagi nemis tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilib, ularning til-pedagogik salohiyatini oshirish, imtihonlarga tayyorlash va zamonaviy metodikalarni amaliyotda qo‘llashga qaratildi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar bilim darajalariga qarab guruhlarga ajratildi, darslar esa amaliy, interaktiv va tajriba almashishga boy tarzda olib borildi.
Mashg‘ulotlar tajribali multiplikatorlar — Gyote-Institut vakili Farida Gabdulkhakova hamda Berlin Zentrum rahbari Mavjuda Abduraimova ishtirokida olib borildi. Ular ishtirokchilarga o‘z bilim va tajribalari bilan ilhom bag‘ishladilar.





