
Vitamin de — bu Gyote-Institut tomonidan chop etiladigan, nemis tilini yangi o‘rganayotgan yoshlar uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos jurnal. Unda Germaniya madaniyati, yoshlarga oid dolzarb mavzular, ta’lim imkoniyatlari, intervyular, qiziqarli faktlar va til o‘rganishga doir topshiriqlar jamlangan.
Bu jurnal orqali siz nafaqat til o‘rganasiz, balki Germaniyadagi hayot tarzi va jamiyat haqida ham kengroq ma’lumotga ega bo‘lasiz. Jurnal oson tilda yozilgan bo‘lib, o‘quvchilarni ilhomlantirish va ularni til o‘rganishda rag‘batlantirishni maqsad qiladi.